Azondagi tarassul nima?

Azondagi tarassul nima?

imon.uz 2024-04-19 01:46:10 123

“Tarassul” — (lug’atda) “Shoshmaslik”, “Cho’zish” degan ma’nolarni anglatadi. Faqih ulamolar istilohida, “Tarassul”- azon kalimalarining oralarini azonga javob qaytarsa bo’ladigan darajada ajratib, shoshilmasdan dona-dona qilib aytish hisoblanadi. (“Fathu Bobil Inoya”)

        Azonda tarassul qilish hanafiy (“Fathul Qodir”, “Tabyinul Haqoiq”) va boshqa uchala mazhab ittfoqiga ko’ra sunnatdir.

  عن جابر رضي الله أنَّ رسولَ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ عليهِ وسلَّمَ قالَ لبلالٍ يا بلالُ إذا أذَّنتَ فترسَّل في أذانِك  ً

         أخرجه الترمذي والحاكم

        Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi; Rosulimiz sollollohu alayhi vasallam: “Ey Bilol, agar azon aytsangiz, tarassul (shoshilmasdan dona-dona) qilib ayting”… dedilar.  (Imom Termiziy va Imom Hokim rivoyati)

عن سويد بن غفلة قال سمعت علي بن أبي طالب يقول كأن رسول الله صلى الله عليه وسلم يأمرنا أن وترسل الأذان تنحدر الإقامة

Suvayd ibn G’ofala rohimahullohdan rivoyat qilinadi: Aliy roziyallohu anhu: “Rosulimiz sollollohu alayhi vasallam bizni azonda tarassul qilishga va iqomada tezlatishga buyurar edilar” dedilar. (Imom Taboroniy sunanlarida rivoyat qilganlar)

          Mulla Aliy Qoriy rohimahullohdan qilingan gapga ko’ra ikkita takbir  orasini ajratilmaydi (“Roddul Muxtor”)  ya’ni, takbirdagi ikkita kalima bitta kalima kabidir. To’rt takbirni bitta nafasda aytish shuningdek, har bir takbir uchun alohida nafas olish sunnatga xilofdir. (“Adillatul Hanafiyya” kitobi ta’liqidan)

Ижтимоий тармокларда улашинг

Фейзбукда изоҳ қолдиринг

Мавзуга оид